Bosh vazir koronavirus bo‘yicha topshiriq berdi. Muhlat ikki kun

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Bosh vazir Mixail Mishustin ikki kun ichida Rossiyada haligacha aniqlanmagan koronavirus infeksiyasining oldini olish rejasini ishlab chiqishni buyurdi. 

Bugun, 27 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi rahbari koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda koronavirus tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhokama qilindi. Bugungi kunda Rossiyada koronavirus infeksiyasining bironta ham holati aniqlanmaganligi qayd etilgan.  

“Uchrashuv davomida Bosh vazir tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha tezkor shtab tashkil qilishni buyurdi. Uning tarkibiga favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Sanoat va savdo vazirligi rahbarlari kirgan. Shuningdek, Rospotrebnadzorga koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha ikki kunlik reja tayyorlash vazifasi yuklatildi”, deyiladi Hukumat saytida. 

Uchrashuvda Bosh vazirning o‘rinbosari – Hukumat apparati rahbari Dmitriy Grigorenko, Bosh vazirning o‘rinbosari Tatyana Golikova, Transport vaziri Yevgeniy Ditrich, Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova va “Aeroflot” bosh direktori Vitaliy Savelev ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Mishustin koronavirus

Baholaganlar

395

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing