Bosh vazir Aripov mehmonlarni Olmaliq KMKga boshlab bordi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2020
6126O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston bo‘lib turgan “VEB.RF” Davlat taraqqiyoti korporatsiyasi raisi Igor Shuvalov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga bordi.
Mehmonlar dastlab kombinat boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov va “SFI Management Group” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Qobil Shodiyev hamrohligida kombinat faoliyati bilan yaqindan tanishtirilgan.
Rossiya delegatsiyasi “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish jarayoni va mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Ularga amalga oshirilayotgan loyiha haqida, xususan, mazkur kon quvvati hamda loyihani ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha joriy holat to‘g‘risida so‘zlab berilgan.
Shundan so‘ng mehmonlar ulkan bunyodkorlik yo‘lga qo‘yilgan 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi, 1-mis boyitish fabrikasida jadal davom etayotgan asosiy quvvatlarni rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish dasturi doirasidagi ishlar, mis eritish zavodidagi affinajlangan oltin va kumush ishlab chiqarish jarayoni haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.
LiveBarchasi