Bosh vazir har 3 oyda Senatga hisobot beradi
Jamiyat
−
06 mart 2019
7915“Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga Prezident vakolatlariga Hukumat a’zolarini Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan so‘ng tasdiqlashiga oid o‘zgartirish kiritildi. Ilgari, Qonunchilik palatasining ma’qullashi talab etilmagan.
Ushbu tartibni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Qonunlarga ham kiritildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunda Hukumat a’zolarini ma’qullash tartibi belgilandi.
Unga muvofiq, nomzodlar mas’ul qo‘mita, fraksiyalar va deputatlar tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi.
Nomzodlar Xukumatning harakatlar dasturi bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini Qonunchilik palatasiga taqdim etishi lozim.
Nomzod rad etilsa, Bosh vazir yangi nomzodni kiritadi. Shuningdek, Bosh vazir Hukumat a’zolari bilan har chorakda Qonunchilik palatasi va Senatga Prezidentning Murojaatnomasidan kelib chiqadigan davlat dasturi bajarilishi borasida hisobot taqdim etadi.
Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2019 yil 1 apreldan kuchga kiradi.
LiveBarchasi