Bosh vazir 30 yillik xotini bilan ajrashdi (video)

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan fuqarolik nikohi, ya’ni rasman turmush qurmay yashab kelayotgan Anna Akopyan u bilan ajrashganini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida videobayonot bilan chiqdi. 

Uning tushuntirishicha, Pashinyan bilan fuqarolik nikohi yakunlangani haqidagi qayd ularning FHDYOda ro‘yxatdan o‘tishini emas, aynan birgalikdagi hayoti tugaganini anglatadi. 

Shuningdek, u hukumat qarorgohini tark etib, ijaraga olingan xonadonga ko‘chib o‘tayotganini ma’lum qilgan. 

“Barcha do‘stlarim, tanish-bilishlarim va notanishlarga, yaqinlarim va hatto eng yaqin insonlarimga aytamanki, bu mavzu muhokama qilinmaydi. Men buni taqiqlayman. Sizni ham, aziz xalqim, bu masalani muhokama qilishga ko‘p vaqt sarflamaslikka chaqiraman. Bu befoyda mashg‘ulot bo‘ladi. Eshitdingiz, qayd etdingiz va yo‘lingizda davom eting”, deydi u. 

Nikol Pashinyan ham ijtimoiy tarmoqda post yozib, Anna Akopyandan kechirim so‘radi. 

“Annaning qarorini hurmat qilaman. U so‘nggi 30 yil davomida, eng qiyin kunlarimda yonimda bo‘ldi, menga suyanchiq va tayanch bo‘ldi. Men ham u uchun shunday bo‘la oldimmi, yo‘qmi – ishonchim komil emas.  Men unga ko‘proq qayg‘u keltirgan bo‘lsam kerak, buning uchun kechirim so‘rayman”, deydi Bosh vazir.

Nikol Pashinyan va Anna Akopyan qariyb 30 yil davomida rasmiy nikohdan o‘tmasdan (fuqarolik nikohida) birga yashab kelgan.Pashinyanning ta’kidlashicha, 1990-yillarda u muxolifatchi sifatida ta’qib qilinishi va mol-mulki musodara etilishi mumkin bo‘lgani uchun oilasini himoya qilish maqsadida rasmiy nikohdan qochgan. Juftlikning to‘rt nafar farzandi — uch qiz va bir o‘g‘li bor:

•    Mariam (1998 yilda tug‘ilgan) — to‘ng‘ich qizi, jamoatchilikka eng tanish farzandi.
•    Ashot (2000 yilda tug‘ilgan) — yagona o‘g‘li. U (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘da harbiy xizmatni o‘tagan.
•    Shushan (2007 yilda tug‘ilgan).
•    Arpi (2015 yilda tug‘ilgan) — oilaning eng kichik farzandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Anna Akopyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing