Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
13 fevral 2021
10750Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan, Abduhalim Xolmaxmatov Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi. Xolmaxmatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri vazifasiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, u faoliyati davomida prokuratura va sud-huquq tizimida bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan. Xolmaxmatov lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Alisher Usmonov, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Davron Hidoyatov ishtirok etgan.
LiveBarchasi