Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Salom Ismatovich Samadov Bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Salom Samadov 2022 yil avgustidan Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Salom Samadov 1963 yilda tug‘ilgan. 1990 yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan. Prokuratura organlaridagi mehnat faoliyatini 1990 yilda Buxoro viloyati Fayzulla Xo‘jayev tumani prokuraturasida boshlagan. Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda ishlagan.

Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005 yildan boshlab Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston prokurori o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokurori, O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U oldin ham – 2017 yilning noyabridan 2018 yilning oktyabriga qadar bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, Bosh prokurorining yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosari lavozimi joriy qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing