Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimidan ketish uchun ariza yozgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Shamsiddin Sohibnazarov lavozimidan o‘z xohishiga ko‘ra ozod qilinishi haqida Bosh prokuror nomiga ariza taqdim etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

Sohibnazarov ushbu lavozimda 2023 yilning oktyabridan beri ishlab kelayotgandi.

Joriy yil boshida Prezident Shamsiddin Sohibnazarovni Bosh prokuror o‘rinbosari – Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.

Ma’lumot o‘rnida, "Prokuratura to‘g‘risida"gi Qonunning 18-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Prokuratura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing