Bosh prokuraturaning UJKQKB boshlig‘i vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Saydulla Elmurodov vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saydulla Fayzullayevich Elmurodov joriy yilning 27 sentyabr kuni vafot etgan. Uning vafoti sabablari ma’lum emas. 

Adliya katta maslahatchisi Saydulla Elmurodov 2019 yilning iyuligacha Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Shu yilning iyul oyida Bosh prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 

QALAMPIR.UZ marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Saydulla Elmurodov

Baholaganlar

817

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar