Bosh prokuratura o‘quvchining do‘pposlanishi bo‘yicha tekshiruv boshladi

3-sahifa

image

Biroz avval, Toshkentdagi 103-yordamchi maktab-internatida o‘quv qiz kaltaklangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda videoyozuvda tasvirlangan holat bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan. Tekshiruv ishlari yakunlanganidan so‘ng voqea bo‘yicha OAVga batafsil ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda o‘quvchi qiz maktab-internatining kechki smena tarbiyalanuvchilari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing