Bosh prokuratura Shuhrat G‘aniyev ishi bo‘yicha tekshiruv boshladi

Jamiyat

222

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga tegishli ekani aytilib, tarqalgan audioyozuv bo‘yicha tekshiruv boshladi.

Prokuratura audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlarni o‘rganmoqda. 

“O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan qo‘shimcha bayonot beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 dekabr kuni tarqalgan audioyozuvda Quva tumani hokimi va Shuhrat G‘aniyev suhbati aks etgani aytilgan. Unda viloyat hokimi tuman hokimiga blogerning janozasini o‘qishni buyuradi.

Viloyat hokimligi Matbuot xizmati audioyozuvdagi ovoz “pranker”lar tomonidan o‘xshatilganini iddao qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing