Bosh prokuratura liftda qamalib, vafot etgan ayol yuzasidan munosabat bildirdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 32 yoshli ayol elektr o‘chgani sababli liftda qamalib qolib, vafot etgani haqida xabar bergan edik. Bosh prokuratura holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Shuningdek, tekshiruv natijalari haqida xabar berib borilishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 32 yoshli ayol elektr o‘chib qolgani sababli liftda qamalib qolib, vafot etgani haqidagi xabar tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘ra, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi 239-uyda ijarada turuvchi 32 yoshli Olga Leonteva ismli ayol, joriy yilning 24 iyul kuni yo‘qolib qolgan. Ayolning yaqinlari uning yo‘qolgani haqida e’lon bergan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, u o‘zi yashaydigan uyning liftiga kirgan va elektr o‘chib qolgani sababli o‘sha yerda qamalib qolgan. Lift yuqori qavatda to‘xtab qolgani va binoga hali odamlar to‘liq ko‘chib kelmagani uchun qo‘shnilari uning yo‘qolganini payqamagan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Ayolning jasadi kecha, 27 iyul kuni kechqurun topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bosh prokuratura lift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made