Bosh prokuratura Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi tartibsizlik bo‘yicha tergovni boshladi
Olam
−
08 avgust 2019
5120Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Chuy viloyatining Qo‘y-Tosh qishlog‘ida mamlakatning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev hamda huquq-tartibot idoralari o‘rtasida sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha tergov ishini boshladi, deya xabar bermoqda TASS.
“Bosh prokuratura 7 avgust kuni Qo‘y-Toshda sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, ommaviy tartibsizlik, qotillik, asirlarni qo‘lga olish moddalari bo‘yicha sudoldi ishini ochdi”, — deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.
Qayd etilganidek, sobiq prezident ilgari Ichki ishlar vazirligida uch marta guvoh sifatida so‘roqqa chaqirilgan, ammo tergov organlarining qonuniy talablari e’tiborga olinmagan.
Shu munosabat bilan tergovchi “Atamboyevni majburan haydab chiqarish to‘g‘risida” qaror chiqardi, qaror ijrosi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlariga topshirildi.
Avvalroq, Qirg‘izistonda mamlakatning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi