Bosh og‘riq Navalniy. “Putinning saroyi” filmining ikkinchi qismi e’lon qilindi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi, rossiyalik muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy asos solgan Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi (FBK) “Putinning saroyi” filmi e’lon qilinganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan sirli qarorgoh haqida yangi faktlarni oshkor qildi.

Navalniy jamoasi Rossiya rahbarining Gelenjikdagi qarorgohi deya atab kelinadigan koshonaning ichki interer suratlari aks etgan hujjatli filmning ikkinchi qismini FBKning YouTube kanaliga joylashtirgan.

Navalniy Rossiyaga qaytgan payti hibsga oliganidan so‘ng, ommaga e’lon qilingan hujjatli film Rossiya rasmiy telekanallari tomonidan “multfilm” deya e’tirof etilib, undagi barcha ma’lumotlar uydirma ekani ta’kidlangandi.

Hujjatli filmning birinchi qismida qarorgohning intereri haqida uning faqat chizma eskizlari va taxminiy loyihasi ko‘rsatilgan.

FBK jamoasi filmning ikkinchi qismida uning haqiqiy suratlari chop etilganini bildirmoqda.

Ammo, jamoa suratlar kim tomonidan va qachon olingani haqida hech qanday ma’lumotni oshkor qilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 2021 yil 19 yanvar kuni Rossiyalik muxolifat yetakchisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi asoschisi Aleksey Navalniy “FBK” YouTube kanalida mamlakat Prezidenti Valdimir Putinning Qora dengiz sohillari bo‘yida joylashgan Gelenjikdagi sirli saroyi haqida hujjatli filmni e’lon qilgan edi.

Ommaga e’lon qilinganidan so‘ng YouTube platformasida 121 million marta ko‘rilgan hujjatli film Navalniy Rossiyaga qaytib aeroportda hibsga olinganidan so‘ng, uning jamoasi tomonidan internetga joylangan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

432

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing