Bosh og‘rig‘ida qanday tabiiy mahsulotlar yordam beradi?
Salomatlik
−
02 iyul 2021
11230Ko‘p hollarda bosh og‘rig‘ini dorilar bilan bartaraf etishning imkoni bo‘lmaydi. “Delish” portali bir qator tadqiqotlar o‘tkazdi va bosh og‘rig‘ida yordam beradigan mahsulotlarni taklif qildi.
Mahsulotlar orasida tarkibida ko‘p miqdordagi foliy kislotasi va magniy bo‘lgan karam va ismaloq yetakchi o‘rinlardan joy olgan. Shuningdek, magniyga shokolad va banan ham boy.
Ta’kidlanishicha, bosh og‘rig‘iga qarshi kurashish uchun ko‘p to‘yinmagan OMEGA-3 yog‘ kislotalari bo‘lgan mahsulotlar ham zarur. Mutaxassislar bunday vaziyatda losos va avokadoni tavsiya qilgan.
Shuningdek, riboflavin manbai bo‘lgan qo‘ziqorin ham migrenga qarshi vosita. Shirin kartoshkada beta-karotin, B2, B6 va C vitaminlari, marganets, kaliy va niatsin mavjud. Ularning barchasi bosh og‘rig‘ini kamaytirishga yordam beradi. Lavlagi ham xuddi shunday ta’sirga ega.
Shuningdek, sabzavotlardan mutaxassislar brokkoliga e’tibor berishni maslahat berishadi. Qahva ichish ham migrenga yordam beradi, ammo mutaxassislar ogohlantirganidek, ushbu ichimlikni ichishda ehtiyot bo‘lish kerak: kofeinning kunlik iste’moli 100 milligrammdan oshmasligi lozim.
LiveBarchasi