“Borussiya Dortmund” Xolandsiz kuchsizlanib qolmaydi – Ditmar Xamann

Sport

image

Germaniya terma jamoasi va “Mancheter Siti”ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamann Erling Xolandsiz ham “Borussiya Dortmund” kuchsizlanib qolmaydi, deb hisoblaydi. U bu haqda “Bild” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Menimcha, nafaqat muxlislar, futbolchilar, balki klubning o‘zi ham bu sirkdan zerikdi. “Borussiya” Holandsiz ham gol ura oladi. Doim shunday bo‘lib kelgan. Men Holandsiz klub yanada kuchayishi mumkin, deb hisoblayman. Chunki, u juda ko‘p e’tiborni jalb etyapti. Qishki transferlar oynasi vaqtida jamoa ichida ham o‘zini yaxshi tutmadi. Uning harakatlari hurmatsizlikdek tuyuldi”, degan Ditmar Xamann.

Germaniyalik sobiq futbolchining qo‘shimcha qilishicha, norvegiyalik hujumchi maydonga tushgan o‘yinda ham “Borussiya” mag‘lubiyatga uchrab turibdi. Shuning uchun Xolandning ketishi dortmunliklarga foydali bo‘ladi.

“U juda ko‘p uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. U bilan ham dortmundliklar mag‘lubiyatga uchrab turganini esdan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun ham, uning ketishi ko‘proq foydali bo‘ladi, deb hisoblayman. Bundan tashqari, uning transferidan tushadigan pulga “Borussiya Dortmund” ko‘p masalalarni hal qilishi mumkin. Holand ketgach, boshqa futbolchilar rivojlanib, jamoani oldinga boshlashi mumkin. Balki, u ushbu futbolchilarning o‘sishiga to‘g‘anoq bo‘layotgandir”, degan “Manchester Siti” sobiq futbolchisi. 

Eslatib o‘tamiz, Xoland 2020 yilning yanvar oyida “Zalsburg”dan 20 million evro evaziga “Borussiya Dortmund”ga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda norvegiyalik hujumchi Germaniya Bundesligasida 20 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, norvegiyalik hujumchi Chempionlar ligasining uchta o‘yinida uchta gol urdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing