Bortida 133 kishi bo‘lgan Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi

Olam

image
0:00
0:00
download

China Eastern aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti Xitoy janubida halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot bortida 133 kishi bo‘lgan. Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Kunmindan Guanchjouga uchayotgan edi. 

“Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti bortida 133 kishi bo‘lgan Xitoyning Guanchjou avtonom rayoni, Uchjou shahri, Teng tumanida halokatga uchradi”, deyiladi xabarda.

Halok bo‘lganlar yoki yaralanganlar haqida ma’lumot yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1863

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing