Borrel Yevropada Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmoqchi bo‘lganlar borligini tan oldi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Yevropa jamiyatining bir qismida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga moyillik borligi haqida gapirdi. Bu haqda “El Mundo” gazetasi xabar berdi.

“Yevropa jamiyatining bir qismi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortish vasvasasiga tushib qolgan. Ular mojaroga barham berishni xohlaydi, chunki uning oqibatlariga va narxlarning ko‘tarilishiga dosh berolmaydilar. Biz bu fikrlash tarziga qarshi kurashishimiz kerak”, deydi u.

Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llashi mumkinligidan xavotir bildirgan.

“Hozir taslim bo‘ladigan vaqt emas, biz Kiyevni “yoriq”larsiz qo‘llab-quvvatlashimiz va sinovlarning shiddatliligiga chidashimiz kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Ukraina armiyasini tayyorlash uchun YeIning yagona harbiy yordam missiyasini yaratish ustida ish boshlashini ma’lum qilgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

222

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing