Boris Jonson siyosat maydonini tark etmasligini bildirdi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson keyingi parlament saylovlarida deputatlikka nomzodini yana bir bor ilgari surmoqchiligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Boris Jonson keyingi parlament saylovlarida Aksbrij va Janubiy Rayslip okruglaridan deputatlikka nomzodini qo‘yishni rejalashtirmoqda. Agar Jonson qayta saylanishga muvaffaq bo‘lsa, kelajakda u yana konservativ partiyani boshqarishga urinishi mumkin.

“Boris Jonson bizning parlament a’zomiz va kelgusi saylovlarda uni nomzod sifatida to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, deya ta’kidlagan Aksbrij va Janubiy Rayslip konservativ assotsiatsiyasi.

Ma’lumot uchun, konservativ deputatlar shu yilning 5 dekabrigacha partiyaga 2024 yilda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan saylovlarda ishtirok etish-etmasligi to‘g‘risida xabar berishlari kerak.

Avvalroq Boris Jonson qirollikning yangi hukumat rahbari saylovida ishtirok etishdan bosh tortgani hamda endi konservativlar partiyasi rahbari lavozimiga nomzodini qo‘ymasligi haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing