Ota 2 yashar farzandini kimyoviy dori bilan zaharladi
Jamiyat
−
07 avgust 2020
14407Jizzaxda 2 yoshli farzandini zaharlab, 8 yoshli o‘gay o‘g‘lini muntazam ravishda qiynab kelgan bemehr otaga jinoiy ish ochildi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda
Viloyatning Forish tumanida yashovchi 2 yoshli M.M. hasharotlarga qarshi qo‘llaniladigan “Nurel” kimyoviy vositasidan zaharlangan holda tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida tergov harakatlari olib borildi. Natijada qizaloqqa zaharli moddani bolaning otasi Namangan viloyati Chust tumanida doimiy ro‘yxatda turuvchi, Qizilqum mahallasida dehqonchilik qilayotgan, 1978 yilda tug‘ilgan M.I. ichirgani aniqlangan.
Mazkur kimsa shar’iy nikohda bo‘lgan Sh.M.ning 8 yoshli farzandi M.J.ni ham muntazam ravishda qiynab, do‘pposlab, haqoratlab kelgan. Xususan, shu yilning mart oyida M.J.ning ustiga qaynoq suv sepib, kuyish jarohati yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi