Bolgariyada sobiq futbolchi “o‘lib tirildi” (video)

Sport

image

Bolgariya chempionati doirasida “Arda”-“Levski” o‘rtasidagi o‘yin boshlanishidan oldin mamlakat futboli afsonasi 78 yoshli Petko Ganchevni xotirlab bir daqiqalik sukut saqlandi. Ammo aniqlanishicha, Petko Ganchev tirik bo‘lgan. Bu haqda “Sportbox” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tashkilotchilar bu vaziyatda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan. O‘sha vaziyatdan keyin unga oila a’zolari va do‘stlari qo‘ng‘iroq qilishni boshlagan. Klub vakillari 78 yoshli mutaxassisdan uzr so‘radi va uzoq umr tiladi. Petko Ganchev ortiqcha e’tiroz bildirmadi.

“Uyga kelganimda xotinim ko‘zida yosh bilan Petko hozir televizorda seni o‘lgan deb aytishdi, dedi. Buni eshitib, hayratda qoldim. Menimcha, vaziyat yaxshiga o‘xshamayapti”, deydi Ganchev.


Maqola muallifi

Teglar

Bolgariya chempionati Petko Ganchev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar