Bolgariya Rossiya gazini qimmat narxda ham sotib olmoqchi. Ammo Rossiyadan javob yo‘q
Olam
−
26 avgust 2022
9239Bolgariya hukumati “Gazprom”ga Rossiya gazini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda bugun, 26 avgust kuni Bolgariya Energetika vaziri Rosen Xristov “Nova” telekanaliga bergan intervyusida aytgan.
“Biz hali ham Rossiya gazini faqat vositachilar orqali sotib olamiz va ustiga 30 foiz to‘laymiz. Agar biz moliyalashtirish haqida gapiradigan bo‘lsak, birinchi navbatda, Germaniya Rossiya gazini sotib olishni to‘xtatishi kerak ", deydi vazir.
Xristovning ta’kidlashicha, Bolgariya tomoni kelishuv shartlariga bir qator o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgan. Xususan, gazning qolgan hajmlarini (2,4 milliard kub metr) qabul qilish muddatini uzaytirish niyatida. Natijada yoqilg‘i isitish mavsumi oxirigacha yoki keyingi yilning yozigacha mamlakatga kiradi.
Shuningdek, u mamlakat gaz uchun to‘lovni oldindan to‘lov yo‘li bilan emas, balki gazni Bolgariya hududiga olgandan keyin amalga oshirish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.
Energetika vaziri hozirda Bolgariya Rossiya gazini sotib olishda davom etayotganini, biroq Gazprom bilan kelishuvda nazarda tutilganidan 30 foiz qimmat narxda sotib olishini tan olgan.
Eslatib o‘tamiz, Moskva joriy yilning 1 aprelidan do‘stona bo‘lmagan davlatlar bilan Rossiya milliy valyutasida hisob-kitoblarga o‘tgan. Buning uchun xaridorlar “Gazprombank”da valyuta va rubl hisoblarini ochishlari kerak. Ushbu talabni bajarmagani sababli Bolgariyani Rossiya gaz ta’minotidan uzib qo‘ygan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi