Bolalarni koronavirusdan qanday himoyalash kerak?
Salomatlik
−
19 avgust 2020
7952Bolalarni koronavirus bilan zararlanmasliklari uchun qanday himoya qilish lozim? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva quyidagicha javob berdi.
“Birinchi navbatda ota-onalar bolalarni koronavirusdan himoyalanish usullariga o‘rgatishlari zarur. Imkon darajasida bolalarni jamoat joylariga olib bormaslik kerak”, deydi mutaxassis.
Bola virus bilan zararlanmasligi uchun bolaning yaqinlari va o‘zi quyidagi tavsiyalarga amal qilishi lozim:
• ijtimoiy masofani saqlash;
• muntazam qo‘llarni yuvish;
• antiseptik vositalardan foydalanish;
• ko‘chada yuzga qo‘l bilan tegmaslik;
• niqob va imkon darajasida qo‘lqopdan foydalanish.
“Yosh bolalarga ifloslangan qo‘llar infeksiya yoki kasallik manbai bo‘lishi mumkinligi, ifloslangan qo‘llar bilan burunga tegish, ko‘zlarni ishqalash, qo‘lni og‘izga solish aslo mumkin emasligini tushuntirish lozim”, deya alohida urg‘ulaydi Nurullayeva.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 36 760 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 32 223 nafari sog‘aygan. Bemorlarning 244 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi