Bolalarini xususiy bog‘cha va maktablarda o‘qitadiganlar qisman daromad solig‘idan ozod etiladi 

Jamiyat

image

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalar qisman daromad solig‘idan ozod etiladi. Bu haqda “Soliq va bojxona qonunchiligi, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlarining qo‘llanilishini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida belgilangan. 

Qayd etilishicha, qonun bilan mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi 15 foizdan 10 foizga tushiriladi, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi. 

Bundan tashqari, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari beriladi va alohida soliq rejimi joriy etiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, qonun loyihasi bugun, 7 iyul kuni parlament quyi palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida taraqqiyot strategiyasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida joriy yilning 1 aprelidan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing