Bolalar uyi tarbiyalanuvchisi “samosud” qilingani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi 

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkentdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchisi “samosud” qilingani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi holat joriy yilning 5 avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Qizil-suv” mahallasida joylashgan mehribonlik uyi oromgohida sodir bo‘lgan.

Oromgohga Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan dam olishga kelgan 3 nafar tarbiyalanuvchilar – 2008 yilda tug‘ilgan S.X., D.I va V.L  o‘zaro janjallashgan va ushbu holatni boshqa bir tarbiyalanuvchi video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

“Hozirda holat yuzasidan hududiy ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Bolalar uyi “samosud”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar