“Mehribonlik” uylarida tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari ish boshlaydi

Jamiyat

image

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlash, oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, 2019-2023 yillarda “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturi hamda Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga qabul kilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjatda belgilanishicha:

2019 yil 1 noyabrdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olayotgan yoki oilaviy bolalar uyi tashkil etish orqali qabul qilayotgan nomzod fuqarolarni tayyorlash maqsadida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi;

tutingan ota-onalarga tayyorlov kurslarini tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi;

Tayyorlov kurslari mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun tegishli tarmoq vazirliklari, idoralar va tashkilotlarning ijtimoiy ishlar sohasida tutingan ota-onalarni maslahat yordami, ijtimoiy, huquqiy, psixologik-pedagogik, tibbiy jihatdan kompleks qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi mutaxassislari hamda davlat tarbiya muassasalarining ijtimoiy-psixologik-pedagogik ko‘maklashuv xizmati xodimlari jalb etiladi;

tutingan ota-onalarning tayyorlov kurslarida o‘qishi bepul tashkil etiladi;

• 2020 yil 1 yanvardan boshlab tutingan ota-onalar tayyorlov kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjati mavjud bo‘lgan fuqarolar orasidan tanlanadi;

• 2020 yil 1 yanvarga qadar bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan va oilaviy bolalar uylarining tarbiyachi ota-onalaridan tayyorlov kurslarini yakunlaganlik to‘g‘risidagi hujjat talab etilmaydi.

• Quyidagilar tayyorlov kurslarining asosiy vazifalari etib belgilandi:

• tutingan ota-onalarning bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;

• tutingan ota-onalarni yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish, uning ijtimoiylashuvi, ta’limi va har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq ota-onalik salohiyatini shakllantirish;

• tutingan ota-onalarning bolani oilaga qabul kilishga tayyorlik darajasini aniqlash, bolani oilaga qabul qilish shaklini tanlashga yordam berish, shuningdek, bolani tarbiyalash va rivojlanishi bilan shug‘ullanish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammo va qiyinchiliklarni anglashga ko‘maklashish, ularning bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish.


Maqola muallifi

Teglar

Mehribonlik uylari Bolalar shaharchalari

Baholaganlar

8

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing