Bolalar orasida koronavirus avj olayotgani rostmi? SSV munosabat bildirdi

Salomatlik

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolalar orasida koronavirus infeksiyasi ko‘payib borayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi.

Vazirlikka ko‘ra, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“Bolalar orasida o‘tkir respirator kasalliklar va koronavirusga chalinishning so‘nggi ko‘tarilishi o‘tgan yilning kuz oylariga to‘g‘ri kelgan edi. O‘sha paytda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar uchun 500 ta qo‘shimcha shifo o‘rni yaratilgan edi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda holat barqaror bo‘lib, xastalanish ko‘rsatkichlari keskin kamaygan.

“Agar bolalar orasida koronavirus yoki boshqa o‘tkir respirator kasalliklar ortishi kuzatilsa, bu bo‘yicha rasmiy axborot beriladi. Hurmatli yurtdoshlar qishki iqlim sharoitida farzandlaringizning salomatligiga, ayniqsa, kiyinishi va ovqatlanishiga jiddiy e’tibor bering. Bu xildagi yolg‘on xabarlarga ishonmang”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing