Bola parvarishlash davrini mehnat stajiga qo‘shish taklif etilmoqda

Jamiyat

image

Kecha, 13 dekabr Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. 

Qonun loyihasida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lovlarini marhumning qaramog‘idagi farzandlariga, ular 18 yoshgacha, agar umumiy o‘rta ta’lim muassasasi, akademik litsey va oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan bo‘lsa 23 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini to‘lash nazarda tutilmoqda. 

Shuningdek, bolalikdan nogironligi bo‘lganlarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash, bolani parvarishlash vaqtining hammasini jamlanganda ko‘pi bilan 6 yillik davrni ish stajiga qo‘shib hisoblash belgilanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing