Bokschi Aziza Yoqubova tarixga kirdi
Sport
−
18 may 2022
26028Turkiyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida Aziza Yoqubova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, u kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida medal qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbek qizi sifatida tarixda qoldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida Aziza Yoqubova yarim final jangini o‘tkazgan. -50 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi ushbu bosqichda kolumbiyalik Ingrit Valensiyaga qarshi jang qilib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan.
“Aziza Yoqubova jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi. Qayd etish lozimki, bungacha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida medal qo‘lga kiritmagan edi. Aziza bu borada birinchi bo‘ldi!”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik yana bir bokschi qiz +81 kg vazn toifasida Mohira Abdullayeva yarim finalga yo‘l olgan.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar