Boks. O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga yo‘l oldi
Sport
−
24 Oktabr 2022
2938Joriy yilning 31 oktyabr – 13 noyabr kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. Bugun, 24 oktyabr kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga jo‘nab ketdi. Jamoa tarkibida Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatovni ham ko‘rish mumkin.
Tarkib:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-71 kg: Xavasbek Asadullayev
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Madiyor Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov.
Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘zioxunov, Xuan Enrike Tissert, Xamza Avezov, Davron G‘afurov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston vakillari qit’a birinchiligiga tayyorgarlik ishlarini Toshkentda o‘tashdi. Osiyo chempionati bahslari murabbiylarga Jahon chempionati va Parij Olimpiadasi uchun munosib sportchilarni saralab olish vazifasini o‘tab beradi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi