Boks. O‘zbekiston qit’a birinchiligida yana bir yo‘qotishga uchradi

Sport

image

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. To‘rtinchi kungi janglarda 5 nafar O‘zbekiston vakili ringga chiqishi ko‘zda tutilgandi.

-71 kgda mamlakat sharafini himoya qilayotgan Havasbek Asadullayev o‘z jangini o‘tkazishga ulgurdi. U ilk to‘qnashuvida mo‘g‘ulistonlik Otgonbaatar Byamba-Erdenega qarshi ringga ko‘tarildi va hakamlar qaroriga ko‘ra 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Ma’lumot uchun, kechki dasturda yana 4 nafar O‘zbekiston vakili turnirdagi ishtirokini boshlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Asadullayevning mag‘lubiyati O‘zbekiston jamoasi uchun musobaqadagi ikkinchi yo‘qotish hisoblanadi. 3 noyabr kungi bahslarda qizlar jamoasidan -63 kg vaznda Hadichabonu Abdullayeva raqibasiga imkoniyatni boy bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing