Boks: o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 5-kunida o‘zbekistonlik bokschilar qanday natija qayd etdi?

Sport

image

Bugun, 24 avgust kuni boks bo‘yicha Dubay shahrida o‘tkazilayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 9 nafar o‘zbekistonlik sportchi ringga ko‘tarildi. 

O‘smirlar o‘rtasida, 50 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Hojiakbar Mahmudov Qozog‘iston vakili Ilya Kalinin ustidan g‘alaba qozondi.

60 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Javohir Ummataliyev qozog‘istonlik Madiyar Taipakovni katta ustunlik bilan mag‘lub etdi.

66 kg vazn toifasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Fazliddin Erkinboyev Hindiston vakili Ankushga imkoniyat qoldirmadi.

75 kg vaznda o‘zbekistonlik Mizrob Nekboyev Qozog‘iston bokschisi Daulet Tulemissov ustidan g‘alabaga erishdi.

Shuningdek, o‘smir qizlar o‘rtasida yarim final bahslari o‘z yakuniga yetdi. 48 kg vaznda vaznda ringga ko‘tarilgan Laziza Yusupova Qozog‘iston vakilasi Robiyaxon Baxtiyorova qozog‘istonlik Anita Adishevani, 50 kg vazn toifasida Shaxina Ne’matova  Hindiston vakilasi Devika Satyijitni, 54 kg vaznda Guldana Tilaubergenova hindistonlik Aarsoni, 66 kg vazn toifasida Sanobar Bozorboyeva Hindiston sportchisi Supriya Ravatni mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan bo‘lsa, 52 kg Mirzyakul Tomirisga mag‘lubiyatga uchradi va bronza medal bilan musobaqani yakunladi. 

Ma’lumot uchun, kecha 23 avgust kuni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillaridan 4 nafar bokschi ringga ko‘tarilgan va ularning 3 nafari g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston boks federatsiyasi Osiyo chempionati Boks O'smirlar

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing