Boks. Usik to‘rtta chempionlik kamari uchun bahsda Joshuani mag‘lub etdi
Sport
−
26 Sentabr 2021
8527Kecha, 25 sentyabr kuni Angliya poytaxti London shahrida super og‘ir vazndagi chempionlik jangi bo‘lib o‘tdi. “Tottenxem Xotspur” arenasida ringga ko‘tarilgan ukrainalik bokschi Aleksandr Usik britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi jang qildi.
12 raund davom etgan jang so‘ngida hakamlar bir ovozdan ukrainalik sobiq jahon chempionining g‘alabasini qayd etishdi. Hisob: 117-112, 116-112, 115-113. Shu tariqa, Usik mehmonda britaniyalik bokschidan og‘ir vazn toifasida WBA (Super), IBF, WBO va IBO kamarlarini tortib oldi.
Jangdan avval Usik intervyu berib, Joshuaga qiyin bo‘lishini va u kamarlarini yo‘qotishi mumkinligini aytgan edi. Yakunda shunday ham bo‘ldi. Aleksandr o‘z fikrlarini britaniyalik bokschi vatanida, hamyurtlari ko‘z oldida jang qilayotgani va muxlislar bosimi ostida qolishi bilan asoslagan edi.
Ma’lumot o‘rnida, IBF kamariga egasi Aleksandr Usik “Tottenxem Xotspur” arenadagi jangini qo‘shib hisoblaganda faoliyati davomida 19 marta kurashga otlanib, barchasida g‘alaba qozongan. Entoni Joshua 26 marta ringga ko‘tarilgan va 24 g‘alabaga erishgan.
LiveBarchasi