Boks. Qit’a birinchiligida yana bir o‘zbek bokschisi g‘alaba qozondi
Sport
−
02 noyabr 2022
3422Ayni kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati janglari bo‘lib o‘tmoqda. Kun dasturida o‘zbekistonlik Ruslan Abduallayev o‘z jangini o‘tkazdi.
63,5 kglik vaznda bahslarga kirishgan Ruslan Abdullayev Osiyo chempionatidagi ikkinchi jangini qozog‘istonlik Sanatali Toltayevga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 2 noyabr kuni kechki dasturda yana bir o‘zbekistonlik bokschi Shahzod Muzaffarov o‘z jangini o‘tkazadi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi