Boks bo‘yicha JCH: Abdumalik Xalakov raqibini taslim etdi

Sport

image

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining chorak final bellashuvlariga start berildi.

Bugun, 2 noyabr kuni 60 kg vazn toifasida Abdumalik Xalakov rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Yarim finalga yo‘l olgan Xalakov JCH medalini naqd qildi. 

Avvalgi bosqichda o‘zbekistonlik bokschi sloveniyalik Tadey Chernogani taslim etgandi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval 48 kg vaznli Nodirjon Mirzahmedov Qozog‘iston vakili Temirtas Jussupovga mag‘lub bo‘lddi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 6 noyabriga qadar bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Abdumalik Xalakov

Baholaganlar

21

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing