Boks bo‘yicha O‘zbekiston termasi Kuvaytga jo‘nab ketdi

Sport

image

Bugun, 18 iyul kuni  Rahmatjon Ro‘zioxunov boshchiligidagi terma jamoa Kuvayt safariga yo‘l oldi. Mamlakat poytaxti Al-Kuvaytda kattalar o‘rtasida birinchi “Kuvayt xalqaro boks turniri” tashkil etiladi. 

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada quyidagi tarkib bilan ishtirok etadi:

-52 kg: Abdumajid Mannopov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63 kg: Lazizbek Fattoyev
-69 kg: Javlonbek Yo‘ldoshev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
-91 kg: Diyorbek O‘ralov

Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘zioxunov, Abduvoxid Jalolov

Mazkur turnirda tashkilotchilar tomonidan 19 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan bokschilar ishtirok etishi belgilangan. Shuningdek, ushbu musobaqada bokschilar 13 vazn toifasida (-48kg, -51kg, -54kg, -57kg, -60kg, -63.5kg, -67kg, -71kg, -75kg, -80kg, -86kg, -92kg, +92kg) ishtirok etishlari mumkin. 
 
Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan turnir 20 iyuldan 26 iyulgacha davom etadi. Unda 20 ga yaqin kuchli mamlakat vakillari asosiy tarkib bilan ishtirok etadi.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing