Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Sport

image

Joriy yilning 21-28 yanvar’ kunlari Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar ishtirokida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. 

Erkaklar 13 ta, ayollar esa 12 ta vaznda g‘oliblik uchun ringga ko‘tarildi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida -48 kg da Shodiyorjon Meliqo‘ziyev, -51 kg da Asilbek Jalilov, -54 kg da Shaxzod Muzaffarov, -57 kg da Xo‘janazar Nortojiyev, -60 kg vaznda Madiyor Doniyorov, -63,5 kg da Ruslan Abdullayev, -67 kg vaznda Mujbillo Tursunov, -71 kg da Iqboljon Xoldorov, -75 kg vaznda Javohir Ummataliyev, -80 kg da Fazliddin Erkinboyev, -86 kg vaznda Akmaljon Isroilov, -92 kg da To‘rabek Habibullayev va eng og‘ir vazn +92 kg da Jahongir Zokirov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida Farzona Fozilova, Sabina Boboqulova, Feruza Kazakova, Aziza Yoqubova, Nigina O‘ktamova, Sitora Turdibekova, Dilfuza Bekova, Navbahor Hamidova, Oysha Toirova, Aziza Zokirova, Sohiba Ro‘zmetova va Oltinoy Sotimboyeva o‘z vaznida O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

Musobaqa g‘oliblariga 10 million so‘m, 2-o‘rin egalariga 5 million so‘m, bronza medali sohiblariga esa 2,5 million so‘m pul mukofoti taqdim etildi. Erkaklar o‘rtasida -51 kg chempioni Asilbek Jalilov, ayollar orasida esa -66 kg g‘olibi Navbahor Hamidova turnirning eng yaxshi bokschisi deb e’tirof etildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Boks To'rabek Habibullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing