Bog‘otda odamlar yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Hokimlik holatga izoh berdi
Jamiyat
−
28 iyun 2021
1821Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida odamlar hududda gaz yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bog‘ot tumani hokimligi holat bo‘yicha izoh berdi.
Aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan gazdan ajratilgan mahallaga gaz balonlari vaqtida yetkazilgan, faqat oqar suv muammosi ko‘tarilgan. “Tozabozor” mahallasining “Oltinqum” va “Qo‘ng‘irot” ko‘chasidan oqib o‘tadigan Qo‘ng‘irot kanalidagi suv chiqaradigan nasos buzilib qolgani uchun ekilgan ekinlarni sug‘orish muammo bo‘layotganidan aholi mahalla raisiga murojaat qilgan.
“Tozabozor” MFYda o‘rganishlar davomida ushbu holat yuzasidan MFY tomonidan №291 ma’lumotnoma tuman hokimligiga taqdim etilgan. “Qo‘ng‘irot” kanalidagi suv nasosini ta’mirlash uchun SIU berkitilgan.
“MFY aholisiga ichimlik suvi, suyultirilgan gaz vaqtida berilmoqda va oqar suvning to‘liq yetkazib berish choralari ko‘rilganini bildiramiz”, deyiladi xabarda.