Bog‘chalarda qanday cheklovlar joriy etiladi? Vazir javob berdi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2020
8250Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ochiq havodagi mashg‘ulotlar va sayrlar paytida bolalar, tarbiyachilar va ularning yordamchilarining bevosita munosabatiga yo‘l qo‘yilmaydi. Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin bog‘chalarni ochishdagi cheklovlarni sanab o‘tdi.
Vazirning aytishicha, kirish joyida to‘planishlarni oldini olish uchun tarbiyachilar tasdiqlangan jadval asosida bolalar kutib olinadi va kuzatib qo‘yadi. Bola tarafidan bo‘lgan vakillar MTT hududiga kiritilmaydi.
Bog‘chalar ochilgandan so‘ng, ochiq havodagi mashg‘ulotlar va sayrlar paytida bolalar, tarbiyachilar va ularning yordamchilarining bevosita munosabatiga yo‘l qo‘yilmaydi. Binolarda kuniga 3 marotaba tozalovchi vositalar yordamida suvli va 1 marotaba dezinfeksiya vositalari orqali tozalash ishlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari ko‘p muomalaga kirishuvchi yuzalar (eshik va deraza tutqichlari, romlar, stollar, elektr ulagichlar) 4 karra dezinfeksiyasi qilinadi.
Har kuni o‘yinchoqlar, tarbiyaviy materiallar va jihozlarning sanitar tozalov ishlari, bundan tashqari usti berk supachalar va o‘ynash maydonchalarida tozalash va dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi. Kontaktlarning oldini olish xodimlar ovqatni jadval bo‘yicha faqat ovqat bloklaridan oladi. Idish-tovoqlarni yuvishda dezinfeksiyalovchi vositaning 1 foizlik eritmasidan foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabridan boshlab O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari bosqichma-bosqich ochiladi. Eng birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar uchun guruhlar faoliyati boshlanadi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi