Bog‘chalarda bitta guruhda 15 nafardan ortiq tarbiyalanuvchi bo‘lmaydi – Agrippina Shin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalari joriy yilning 14 sentyabr sanasidan boshlab ochilishi kutilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ochilgandan so‘ng, guruhdagi bolalarning soni 15 nafardan oshmaydi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin ma’lum qildi.

“Bugungi kunda guruh uchun tavsiya qilingan bolalarning maksimal soni 15 nafarni tashkil etmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalari mutaxasssislari pandemiya sharoitida ishlashni o‘rganishlari, vazirlik esa ko‘nikma orttirib ulardan xulosa chiqarishiga biroz vaqt kerak”, deydi Agrippina Shin. 

Vazirning ma’lum qilishicha, bog‘chalar 4-5 yoshdagi bolalar uchun oktyabr oyida, 3 yoshdagi bolalar uchun esa, noyabr oyida ochilishi mo‘ljallangan. Kichik yoshli bolalar hali ijtimoiy masofa va gigiyena ahamiyatini tushunmasligi sababli atrofidagilarning salomatligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan yaratilgan Elektron navbat faoliyati joriy yilning noyabr oyigacha ishlamaydi. Hozircha barcha sayi-harakatlar MTTga qatnashni boshlagan tarbiyalanuvchilarga xavfsiz sharoitlar yaratish uchun yo‘naltirilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing