Bog‘chalar va maktablarda quyosh elektr panellari o‘rnatiladi

Jamiyat

image

Joriy yil yakuniga qadar 2 107 ta bog‘chada, 1000 ta maktabda, 1 071 ta oilaviy shifokor punktida quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tgan.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda ijtimoiy soha ob’ektlarida ham bosqichma-bosqich muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish muhimligi ta’kidlangan.

Mutasaddilarga kelgusi yil Investitsiya dasturi mablag‘larining kamida 15 foizini shunday qurilmalarni o‘rnatishga yo‘naltirish topshirilgan. 

Bunda, joriy yil yakuniga qadar 2 107 ta bog‘chada, 1 ming maktabda, 1 071 ta oilaviy shifokor punkti, poliklinika va shifoxonalarda, 1 ming mahallada tashkil etilayotgan yangi tibbiyot punktlarida, 200 ta sanatoriy va boshqa dam olish maskanlarida quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari o‘rnatiladi.

Shu bilan birga, 2023 yildan:

•  savdo-ko‘ngilochar komplekslar, madaniyat va istirohat bog‘lari, restoranlar, mehmonxonalar;

•  supermarketlar, do‘konlar, bozorlar, savdo omborlari;

•  avtomobillarga gaz va yoqilg‘i quyish stansiyalari;

•  aeroport, temir yo‘l va avtobus vokzallari;

•  xususiy ta’lim va tibbiyot tashkilotlari;

•  tijorat banklari va ularning filiallari kamida 25 foiz issiq suv iste’moli va tashqi yoritishni muqobil energiya hisobidan qoplash talabi kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing