Bog‘bon bog‘idan dovuchcha uzgan bolalarga tahdid qildi (video)
3-sahifa
−
15 aprel
12651Ijtimoiy tarmoqlarda erkak voyaga yetmagan 5 nafar bolaga bog‘idan dovuchcha uzgani uchun og‘zaki tahdid qilib, qo‘rqitgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu voqea hozirda Bolalar ombudsmani tomonidan IIV bilan birgalikda o‘rganilmoqda.
“Bolalar ombudsmani shuni qat’iy ta’kidlaydiki, bu kabi nomaqbul harakatlar bolalarga nisbatan nafaqat ruhiy zo‘ravonlik va tahdid, balki bolaning sha’ni va qadr-qimmatini ommaviy tahqirlash ham hisoblanib, uning ruhiy-emotsional sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazadi. Bunday noqonuniy harakat uchun tegishli tartibda javobgarlik choralari qo‘llanilishi shart!” deyiladi munosabatda.
Bildirilishicha, o‘rganish natijalariga ko‘ra holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


