“Bochka” yo‘lida Lacetti betonga urilib, majaqlanib ketdi (video)
3-sahifa
−
22 Oktabr 2021 10185 1 daqiqa
Kecha, 21 oktyabr kuni Toshkent viloyatida Lacetti rusumli avtomobil yo‘l chetidagi betonga urilib, yo‘l transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat IIBB Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 22:30 atrofida Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4R12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 55-kilometrida sodir bo‘lgan.
1998 yilda tug‘ilgan haydovchi T.F. Lacetti rusumli avtomobilda Toshkent shahri tomondan Chorbog‘ qo‘rg‘oni tomonga qarab harakatlanib ketayotib, rul boshqaruvini eplay olmaydi. Buning ortidan avtomashina qatnov yo‘lining o‘ng chetidagi beton to‘siqqa uriladi.
YTH oqibatida jarohat olgan haydovchi T.F. va yo‘lovchilar 1998 yilda tug‘ilgan X. D. va 1998 yilda tug‘ilan N. O. tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr