Bobur Karimov Antimonopoliya qo‘mitasi raisining birinchi “zam”i lavozimidan olindi

Jamiyat

image
“UzAutoMotors” AJni to‘xtatishning bitta yo‘li bor – MQKQ north_east

“UzAutoMotors” AJni to‘xtatishning bitta yo‘li bor – MQKQ

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Karimov lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga shu kungacha Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan Asadulla Qayumov tayinlandi.

Bobur Hasanovich Karimov 1978 yilda Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug‘ilgan. “Umid” fondi stependianti, 2001 yilda Buyuk Britaniyaning Uorik universitetini tamomlagan.

2004 yilda esa O‘zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani yakunlagan.

2002 – 2005 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasida bosh yurist maslahatchisi, yuridik xizmati rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2005 yildan 2019 yilga qadar O‘zbekiston, Qozog‘iston va BAAdagi turli xalqaro konsalting firmalarida ishlab kelgan.

2019 yil 11 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bobur Karimov

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar