Bobojonov, Davletov va Yo‘ldoshevga alohida topshiriq berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda o‘qitmasdan va o‘rgatmasdan guvohnoma berish “jinoyati”ga qarshi jazo kuchaytirilishi mumkin. Bugun, 26 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti videoselektor yig‘ilishida shu masalada taklif kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

Haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish muammosini bartaraf qilish uchun mutasaddilarga, avvalo, o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, ikkinchidan, o‘qitmasdan va o‘rgatmasdan guvohnoma berish “jinoyati”ga qarshi jazoni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilikka qo‘shimcha kiritish yuzasidan taklif kiritish topshirig‘i berildi.

Yo‘llarda xavfsiz harakatlanishga sharoit yaratish, avariya va o‘lim holatlarini keskin qisqartirish, buning uchun harakatni boshqarishni to‘liq raqamlashtirish zarurligi ko‘rsatildi. Shu munosabat bilan Ichki ishlar, Adliya vazirliklari, Bosh prokuraturaga aniq topshiriqlar berildi.

Prezident yig‘ilishda shuningdek, mamlakatda odamlar koronavirusdan ko‘ra, avariyalardan ko‘proq o‘layotganiga e’tibor qaratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

698

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made