Bobomurod Abdullayev Qirg‘izistonda hibsga olindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Bobomurod Abdullayev Qirg‘iziston hududida hibsga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasining so‘roviga asosan, 22.01.1993 yildagi “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Minsk Konvensiyasiga muvofiq, Bobomurod Abdullayev Qirg‘iziston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda uning O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi masalasi hal qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, jurnalist Bobomurod Abdullayev 2017 yil sentyabrda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-bandi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi konstitutsion tizimiga qarshi tajovvuzda ayblanib hibsga olingandi.

Uzoq davom etgan tergov va sud ishidan so‘ng, ayblanuvchi Bobomurod Abdullayev Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4 bandi bilan aybdor, deb topilgan va unga 3 yil axloq tuzatish ishlarida bo‘lish tayinlangan.

Shuningdek, Abdullayevning ish haqidan 20 foizi davlat daromadiga ushlab qolinishi belgilab qo‘yilgan. 

Abdullayev 221 kun hibsda saqalanganini hisobgan olgan holda, ushbu muddat jazo muddatidan chiqarib tashlandi.

Shundan keyin Bobomurod Abdullayevni nazorat qilish uning o‘zi yashab turgan Toshkent shahridagi Yakkasaroy IIBga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

976

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing