BMT zudlik bilan Lochin koridorida erkin harakatlanishni ta’minlashga chaqirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Lochin yo‘lagi bo‘ylab erkin va xavfsiz harakatni zudlik bilan ta’minlash, barcha bahsli masalalarni muloqot orqali hal etish zarur, deb hisoblaydi. Bu haqda tashkilotning Twitter sahifasida e’lon qilingan bayonotda aytiladi. 

“Lochin yo‘lagi (Armaniston/Ozarbayjon): Biz tomonlarni muhokama qilinayotgan muammolarni muloqot orqali hal qilishga, zudlik bilan erkin va xavfsiz harakatlanishni ta’minlashga,inson huquqlarini himoya qilishga va tinch aholi uchun salbiy gumanitar oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz”, deydi Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi.

Lochin yo‘lagi Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ni bog‘laydigan yagona yo‘ldir. 12 dekabr kuni o‘zlarini ekologlar deb tanishtirgan bir guruh ozarbayjonliklar Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘ydi. Baku norozilik aksiyasidan maqsad yo‘lni to‘sib qo‘yish emasligini, fuqarolik vositalari har ikki yo‘nalishda ham erkin harakatlana olishini bildirdi. 

Yerevan buni Baku tomonidan tan olinmagan respublikada gumanitar falokat yaratishga qaratilgan provokatsiya sifatida baholadi. Respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyan hukumat yig‘ilishida ma’lum qilganidek, Tog‘li Qorabog‘da qamal tufayli oziq-ovqat taqchilligi boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing