BMT yangi pandemiyalar xavfidan ogohlantirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

BMT mutaxassislari yangi pandemiya xavfi yuqori ekanligidan ogohlantirdi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda hali fanga ma’lum bo‘lmagan 1,7 million virus mavjud.  

Viruslarning yarmi odamlarga tarqalishi va kasallikning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin. 

COVID-19 "ispan grippi"dan so‘ng oltinchi pandemiya bo‘ldi. "Ispan grippi" 1918-1920 yillarda 50 dan 100 milliongacha odamning hayotiga zomin bo‘lgan. Barcha holatlarda, odamlarga hayvonlardan yuqadigan viruslar sabab bo‘lgan. 

Olimlarning ta’kidlashicha, aynan inson faoliyati sayyoramizni "pandemiya davriga" olib borishi mumkin. 

Zoonoz kasalliklarning deyarli uchdan bir qismi o‘rmonlarning kesilishi hamda odamlar va yovvoyi tabiat o‘rtasidagi aloqaning kuchayishi natijasida yuzaga keladi. 

Yo‘q qilingan ekotizimlarda ma’lum infeksiyalar tashuvchisi bo‘lgan ko‘rshapalaklar va kalamushlar faol ravishda ko‘payishni boshlaydi. 

BMT mutaxassislarining fikriga ko‘ra, har yili beshta kasallik tur to‘sig‘idan o‘tib, odamlar uchun xavfli bo‘lib qoladi. Hisobotda "ularning har qaysisining tarqalishi va pandemiyaga aylanishi mumkinligi" ta’kidlangan. 

"Kelajakda kasallik to‘lqinlarining oldini olish uchun insoniyat bioxilma-xillikni yo‘qotish, o‘rmonlarni yo‘q qilish, chorva mollari va yovvoyi tabiat savdosi kabi tadbirlarni to‘xtatishi kerak", degan mutaxassislar. 

Bu odamlar qurbon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan bir qatorda iqtisodiy zararning oldini olishga ham yordam beradi. 

Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasining global qiymati 2020 yil iyul oyiga qadar 8-16 trillion dollarni tashkil etgan. Buning 5,8-8,8 trln dollari ijtimoiy masofani cheklash va sayohatga cheklovlar bilan bog‘liq. 

2014 yilda G‘arbiy Afrikada tarqalgan Ebola epidemiyasi taxminan 52 milliard dollar, Janubiy Amerika va Karib dengizida avj olgan Zika epidemiyasi 6-17 milliard dollar zarar keltirgan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT pandemiya

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing