BMT Ukrainadan bug‘doyni olib chiqish yo‘llarini qidiryapti

Olam

image

BMT Ukrainadan Qora dengiz orqali g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuvlarga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishda davom etmoqda, biroq aniq tafsilotlar haqida gapirishga hali erta. Bu haqda kecha, 17 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda BMT Bosh kotibi vakili o‘rinbosari Farxon Hak gapirgan.

“Biz muzokaralarning turli tomonlari bilan doimiy aloqadamiz. Bu jarayonga zarar bermaslik va muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish uchun tafsilotlarni oshkor eta olmaymiz. Biz qo‘limizdan kelganini qilishda davom etmoqdamiz. Biz muzokaralarni xavf ostiga qo‘ymasdan amalga oshira olsak, o‘zgarishlarni e’lon qilamiz, ammo hozircha sukut saqlaymiz”, deydi Hak. 

BMT vakilining aytishicha, Bosh kotib Guterrish ushbu masala bo‘yicha bir qator mamlakatlarning yuqori martabali vakillari bilan aloqada bo‘lib turibdi. 

“Biz ba’zi aloqalar haqida xabar beramiz, ba’zilari esa yo‘q”, deya qo‘shimcha qilgan Hak.

Ayni vaqtda Ukrainadagi donni olib chiqish uchun bir qator takliflar ilgari surilyapti. Kecha Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaning Odessa portidan Ruminiya orqali g‘alla eksport qilish yo‘nalishi ishlab chiqilayotganini aytdi.

Turkiya esa BMT, Rossiya va Ukraina bilan hamkorlikda Qora dengiz orqali Ukrainadagi 20 million tonna bug‘doyni bezavol olib chiqish bo‘yicha Istanbul rejasi – “Don yo‘lagi” loyihasini taqdim etdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing