BMT Ukrainada halok bo‘lgan tinch aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumotlarni e’lon qildi

Olam

image

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Rossiya-Ukraina mojarosi oqibatida halok bo‘lgan tinch aholining statistik ma’lumotlarni yangiladi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 24 fevralidan 2023 yilning 16 yanvarigacha bo‘lgan muddatda Ukrainaning 7031 nafar tinch aholisi (shundan 433 nafari bolalar) halok bo‘lgan. Shuningdek, 11 327 kishi (shundan 827 nafari bolalar) tan-jarohati olgan.

O‘lganlar orasida 2784 nafar erkak, 1875 nafar ayol, 177 nafar qiz, 221 nafar o‘g‘il bola bor. Shulardan 35 nafari bolalar va 1939 nafar kattalar bo‘lib, ularning jinsi noma’lumligicha qolmoqda. Yaralanganlar orasida esa 2472 nafar erkak, 1764 nafar ayol, 240 nafar qiz, 325 nafar o‘g‘il bola bor. Yaralanganlarning 262 nafari bolalar va 6264 nafar kattalarni tashkil etgan.  

Bundan tashqari, urush boshlanganidan beri Ukrainaning Donbass mintaqasida 4102 kishi halok bo‘lgan, 5751 kishi yaralangan. Donbasning Ukraina nazorati ostidagi hududlarida esa 3607 kishi halok bo‘lgan bo‘lsa, 4078 kishi yaralangan.

Boshqarma hisobotida qayd etilishicha, o‘lim holatlarining aksariyati katta vayron qilish radiusiga ega bo‘lgan portlovchi qurollar sababli sodir bo‘lgan. Gap og‘ir artilleriya, bir nechta raketa tizimi, raketa zarbalari haqida ketmoqda.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing