BMT Turkiyani ogohlantirdi
Olam
−
30 iyun 2022
16840Suriyaga yangi harbiy amaliyotlar kerak emas, mamlakat fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar berish xalqaro gumanitar huquq tomonidan qat’iyan man etilgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geyr Pedersen aytib o‘tgan.
“Siyosiy yo‘lni olg‘a siljitishga e’tibor qaratish uchun keskinlik va harbiy kuchayish xavfini ushlab turish zarur. Biz turli nuqtalarda davom etayotgan va hatto zo‘ravonlik kuchayib borayotganini ko‘ryapmiz.
Afrin va mamlakat shimoli-sharqida to‘qnashuvlar, dron hujumlari, otishmalar va Turkiyaning yangi harbiy operatsiya haqidagi so‘nggi e’lonlari bilan birga janglarda sezilarli darajada keskinlashuv kuzatildi”, deydi Pedersen.
BMT Bosh kotibi vakiliga ko‘ra, Suriyaga yangi harbiy amaliyotlar emas, balki siyosiy yechim va ko‘proq gumanitar yordam kerak.
Uning qayd etishicha, "Isroilga tegishli hujumlar" tobora kuchayib bormoqda.
“Joriy yilningi 10 iyun kuni Damashq xalqaro aeroportiga berilgan zarbalar yuzasidan Bosh kotib tashvishini yana bir bor ta’kidlashga ijozat bering”, deydi maxsus vakil.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Suriyadagi yangi harbiy operatsiyasi musulmonlarning 9-12 iyul kunlariga to‘g‘ri keladigan Qurbon hayitidan so‘ng darhol boshlanishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi